05 iyu 07:33
Yangiliklar
Parij-2024 arenalari: Regbi uchun qurilgan, lekin Olimpiadada suzish va suv polosiga mezbonlik qiladigan “Paris La Défense Arena”
Bugun so'z boradigan “Paris La Défense Arena” ushbu fikrga yaqqol misol bo'la oladi. Odatda regbi bahslari o'tkaziladigan mazkur yopiq inshoot bo'lajak Olimpiadada suzish va suv polosining final bellashuvlariga mezbonlik qiladi.
Arena 2017 yil ochilgan bo'lib, “Racing 92” regbi klubining uy maydoni hisoblanadi. Mazkur sport turlaridagi o'yinlarda inshoot 30 681 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi. Francuzlar undan madaniy tadbirlar, xususan, koncertlar o'tkazishda ham keng foydalanadi. Bunday tadbirlarda arena sig'imi 40 000 muxlisga oshadi. Biroq joriy yilning 9-12 may kunlari amerikalik taniqli xonanda Teylor Sviftning koncertiga 4 kun mobaynida 45 000 dan tomoshabin tashrif buyurdi.
Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari davomida ushbu arenadagi bahslarni 15 220 muxlis bevosita tribunalardan tomosha qilishi mumkin bo'ladi. Olimpiya shaharchasidan 15 km uzoqlikda joylashgan.
Fikrlar