16 iyu 15:03
Yangiliklar
Parij-2024: Bekzod Abdurahmonovning o'rniga Razambek Jamalovning borishiga izoh berildi
Sport kurashlarida Olimpiada licenziyasi sportchi uchun emas, mamlakat uchun olinadi. -74 kg vazn toifasida Bekzod Abdurahmonov tomonidan qo'lga kiritilgan licenziya uchun endi Razambek Jamalov Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadi.
Bugun o'tkazilgan matbuot anjumanida Sport vaziri Adham Ikramov shu masaladagi savolga javob berdi.
"Bu raqobat adolatli bo'ldi. Ularning reytingiga qaraldi va bu borada Razambekning imkoniyatlari juda yaxshi. SHu sababli Olimpiadaga uni yuborishga qaror qildik.
Barchasi oldindan aytilgandi: Vengriyadagi reyting turnirida kim yaxshi ishtirok etsa o'sha Parijga boradi. Razambek Bekzod Abdurahmonovni mag'lub etgan sportchi ustidan ham g'alaba qozona oldi.
Bekzod Abdurahmonov bilan ham suhbatlashdik va bu uni to'g'ri qabul qildi", - dedi Adham Ikramov.
Fikrlar