So’nggi yangiliklar

14:53Гукеш Доммараджу: "Жавоҳир билан тенг кучли рақиблармиз!" 0 14:22Жаҳон кубоги. Кундузги дастурда рингга чиққан боксчиларимизнинг барида ғалаба. Олимпиаданинг амалдаги кумуш медали соҳиби мағлуб этилди 0 13:51Жавоҳир Синдаров: "Ҳаяжондаман!" 0 13:20"Уларга ҳакамнинг бағрикенглиги қўл келди". Моуринью ҳакамни танқид қилди 0 12:49Гандбол. Осиё чемпионатида кетма-кет иккинчи ғалабага эришдик! 0 12:18RAF 15 турнирининг барча натижалари: Царукян камарини ҳимоя қилди. Сехудочи? 0 11:47Арман Царукян иштирокидаги баҳс бир дақиқадан камроқ давом этди 0 11:16Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Алавес"га мағлуб бўлди 0 10:45Бокс. Бугун Жаҳон кубогида 7 нафар боксчимиз жанг қилади 0 09:34Нодирбек Абдусатторов ғалаба эвазига Лондон турнири пешқадамига айланди 0 08:03Фомин Hersonissos Challenger турнирида чемпион бўлди 0 07:32"Манчестер Юнайтед" ўз майдонида шармандали ҳисобда мағлуб бўлди 0 07:01Майкл Моралес: "Ислам Махачевдан ҳеч қандай таҳдид кўрмаяпман" 0 21:58Зокиров билан жанг қиладиган Мокаев: "UFC октагони ташқарисида ўн баробар кўпроқ пул ишлаяпман" 0 20:29Тошкентда шахмат бўйича "Ўзбекистон президенти кубоги" халқаро турнири старт олди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0

19 may 08:48
Yangiliklar

Stol tennisi

Parij-2024 Olimpiadasida stol tennischilarimizdan hech kim bo'lmaydi

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida stol tennisi bo'yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

Afsuski, Markaziy Osiyo mintaqaviy saralash turniri yakunlanmasidan turib, O'zbekiston terma jamoasi stol tennischilari o'z ishtiroklarini to'xtatib bo'lishdi. Avvaliga qizlarimiz Rozalina Xadjieva va Marhabo Magdieva guruh bosqichidan chiqa olishmadi. Keyin esa yigitlarimiz omadsizlikka uchrashdi. 

Erkaklar o'rtasidagi bahslarda Rio-2016 Olimpiadasi ishtirokchisi bo'lgan Zohid Kenjaev hamda SHohruh Iskandarov 1/4 finalga yo'l olishgandi. Iskandarov eronlik Nima Alamyanga 0:4 (1:11, 9:11, 4:11, 9:11) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Kenjaev esa 1/4 finalda qirg'izistonlik Azamat Ergashevdan 4:1 (11:5, 11:6, 8:11, 11:2, 11:3) hisobida ustun kelgandi. Ammo 1/2 finalda eronlik Noshad Alamyanga 0:4 (4:11, 9:11, 8:11, 4:11) hisobida yutqazib qo'ydi. 

Eslatib o'tamiz, erkaklar va ayollar o'rtasidagi turnirda faqat g'oliblargina Parij-2024 Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritadi. Final uchrashuvlari bugun o'tkaziladi. 

Erkaklar o'rtasidagi finalda ikki eronlik stol tennischisi o'zaro to'qnash kelishini inobatga olsak, licenziya har qanday natijada ham fors yurtiga yo'l oladi. Ayollar o'rtasidagi finalda esa qozog'istonlik Sarvinoz Mirkadirova eronlik Neda SHahsavariga qarshi Olimpiada yo'llanmasi uchun bahs olib boradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing