07 noy 21:36
Yangiliklar
Parij "Masters". Jokovich va Medvedev o'rtasidagi final uchrashuvi yakunlandi
Hal qiluvchi final bahsida dunyoning birinchi va ikkinchi raketkalari - serbiyalik Novak Jokovich hamda rossiyalik Daniil Medvedev o'zaro to'qnash kelishdi. Ikki soatu 16 daqiqa davom etgan uchrashuvda Jokovich 4/6, 6/3, 6/3 hisobida g'alaba qozonib, Parij "Masters" g'olibiga aylandi.
Bahs davomida Novak 6 ta, Medvedev esa 7 ta eys zarbani amalga oshirdi. Jokovich hozirgi g'alabasi bilan US Open finalidagi mag'lubiyat uchun revansh oldi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Jokovich foydasiga bo'lib turibdi - 6:4!
Medvedevning finalgacha bosib o'tgan yo'li:
· Ilya Ivashko - 7/5, 6/4
· Sebastyan Korda - 4/6, 6/1, 6/3
· Ugo Gaston - 7/6(7), 6/4
· Aleksandr Zverev - 6/2, 6/2
Jokovichning finalgacha bosib o'tgan yo'li:
· Marton Fuchovich - 6/2, 4/6, 6/3
· Gael Monfis - kurashsiz keyingi bosqichga chiqqan
· Teylor Fritc - 6/4, 6/3
· Xubert Gurkach - 3/6, 6/0, 7/6(5)
Fikrlar