05 okt 10:13
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/136738_220.jpg)
Parij. Tim qiyin g'alabaga erishdi
Sayyoramizning uchinchi raqamli tennischisi Dominik Tim Rolan Garros musobaqasining chorak finaliga yo'l oldi.
U nimchorak finalda Ugo Gastonga qarshi kortga chiqib, 6/4, 6/4, 5/7, 3/6, 6/3 hisoblarida g'alaba qozondi. Uchrashuv uch soat 32 daqiqa davom etdi. Bu tennischilarning o'zaro ilk bahsi bo'ldi.
Endi Tim chorak finalda Argentina vakili Diego SHvarcmanga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar