14 sen 15:48
Yangiliklar
Boshqalar
Pauerlifting: Sportchilarimiz Osiyo va Okeaniya chempionatida 2 ta oltin medalni qo'lga kiritishdi
5-14 sentyabr kunlari Yaponiyaning Kitakyushu shahrida pauerlifting bo'yicha Osiyo va Okeaniya chempionati bo'lib o'tdi.
Mazkur musobaqada mintaqaning 29ta davlatidan 200 nafarga yaqin sportchi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi. Quvonarlisi, bahslarda ishtirok etgan ikki nafar atletimiz oltin medalga sazovor bo'ldi.
Yoshlar o'rtasida kechgan bahslarda -50 kg vazn toifasida ishtirok etgan Muslima Nuriddinova 72kg toshni ko'tarib, birinchi o'rinni egalladi. Kattalar o'rtasida bo'lib o'tgan bellashuvlarda esa -55kg vazn toifasida Roza Qo'zieva 115 kg natija ko'rsatib, oltin medal sohibasiga aylandi.
Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan sportchilarimiz va ularning murabbiylarini tabriklab qoladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar