23 noy 12:40
Yangiliklar
Paralimpiya
Islom birdamligi o'yinlarida ishtirok etgan paralimpiyachilarimiz Vatanga qaytishdi
7-21noyabr kunlari davomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o'yinlari kompleks musobaqasi tashkil etildi.
Unda ishtirok etgan O'zbekiston delegaciyasi 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza medallari bilan 57 mamlakat orasida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi. Ahamiyatlisi, ushbu nufuzli musobaqada paralimpiyachilarimiz ham munosib ishtirok etishdi.
Bugun tongda matonatli sportchilarimiz Vatanga qaytishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi mutasaddilari, OAV vakillari va keng jamoatchilik kutib oldi.








Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar