04 okt 09:39
Yangiliklar
Tennis
Paula Badosa Pekin WTA 1000 turniri 1/2 finalida
Xitoy poytaxti Pekin shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Dunyoning 19-raketkasi Paula Badosa musobaqaning 1/2 finaliga yo'l oldi. Ispaniyalik tennis malikasi 1/4 finalda WTA reytingida 595-pog'onada borayotgan xitoylik CHjan SHuayni mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 7/6(4).
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Paula 85 daqiqa davom etgan bahsda 10 ta eys, 4 ta breyk qayd etib, 5 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Badosa China Open final chiptasi uchun amerikalik Koko Goffga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar