10 fev 12:55
Yangiliklar
Futbol

"Paxtakor": Denisov va Mochinov murabbiylar shtabiga qo'shildi
"Paxtakor" murabbiylar shtabida ikki mutaxassis ishga kirishdi.
"Paxtakor"da futbolchi sifatida 13 mavsum to'p tepgan va chempionat
o'yinlarida eng ko'p maydonga tushgan o'yinchi sanalgan Gennadiy Denisov
selekcioner murabbiy sifatida faoliyatini qadrdon klubida davom
ettiradigan bo'ldi. Endilikda u asosiy va yoshlar jamoalari tarkibi uchun
iqtidorli futbolchilarni izlab topish bilan shug'ullanadi.
Aleksandr
Mochinov esa "Paxtakor" yoshlar jamoasida Jasur Abduraimovga yordam beradi.
40 yoshli murabbiy yoshlar tarkibiga akademiyadan kelib qo'shilayotgan
tarbiyalanuvchilar mahoratini o'stirishda o'z yordamini berishga intiladi.
Havola :
Manba : pakhtakor.uz
Fikrlar