03 may 18:48
Yangiliklar
Futbol

"Paxtakor" - "Persepolis" uchrashuvini Kristofer Bit boshqaradi
6 may kuni "Paxtakor" CHempionlar Ligasi 5-turida Toshkentda "Persepolis"ni qabul qiladi.
Uchrashuv "Paxtakor" stadionida 18:00da boshlanadi. Bellashuvni Avstraliyadan hakamlar guruhi boshqarib boradi. Kristofer Bit bosh hakam vazifasini bajaradi. U 2016 yil guruh bosqichida Toshkentda "Paxtakor" - "Al Hilol" o'yinini boshqargan. O'shanda 2:2 natijasi qayd etilgan. Unga hamyurtlari Anton SHetinin va Eshli Bisham yordam beradi.
O'yin rasmiylari bilan tanishing.
Hakamlar: Kristofer Bit, Anton SHetinin, Eshli Bisham (Avstraliya), Mohd Amirul Izvan (Malayziya).
Nazoratchi: Ishiyama Noboru (Yaponiya).
Komissar: Munemi Fahuri (Iordaniya).
Havola :
Fikrlar