24 jan 18:59
Yangiliklar
Futbol

"Paxtakor" portugaliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida evropadan futbolchi izlamoqda.
"Championat.asia"
olgan malumotlarga ko'ra, "Paxtakor" SHotlandiya chempionatining
5-pog'onasida borayotgan "Xarts" klubi hujumchisi Ismoil Gonsalveshga
qiziqib qolgan.
Ismoil Gonsalvesh Franciyaning "Nicca" jamoasida professional faoliyatini boshlagan.
26 yoshli hujumchi faoliyati davomida Portugaliyaning "Rio Ave", Kiprning APOEL, Greciyaning "Anortosis" hamda Franciyaning "Nicca" jamoalarida to'p tepgan.
Ismoil Gonsalvesh faoliyati davomida 52 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol etgan.
Ushbu xabar borasida "Paxtakor" klubi matbuot xizmati bilan bog'langanimizda, ular xabarni izohsiz qoldirishdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar