So’nggi yangiliklar

10:41Даниэль Кормье Ислам Махачев учун энг қийин жангни айтди 0 10:209 нафар боксчимиз Жаҳон кубоги финалига йўл олди 0 09:59Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда 0 09:38Сузувчиларимиз Беларусдаги халқаро турнирда қатнашади 0 09:17Дэн Хукер: "UFC’ни Царукяндан халос қиламан" 0 08:56Кай Кара-Франс вазндоши Темиров сингари UFC рейтингидан чиқарилди 0 08:35Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди 0 08:14Misfits Boxing Тони Фергюсоннинг жангини тасдиқлади + ПОСТЕР 0 07:53VI Ислом бирдамлиги ўйинлари. Эрон Ўзбекистон билан ўртадаги "тилла" фарқини қисқартирди (Тўлиқ жадвал) 0 07:32Роксана Худоёрова ва Шарифа Давронованинг чиқишидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 07:11Туркия қурилиш компаниялари Янги Тошкент Марказий футбол стадионини қурмоқчи 0 01:00Ислом бирдамлиги ўйинлари. Бизда навбатдаги 4 та медаль! 0 20:29Бугунги кун ҳисобида илк медалимиз ОЛТИН бўлди. Умумий медалларимиз 80 тага етди 0 19:29Мария Тимофеева Люксембург турниридаги юришини бошлади 0 19:08Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди 0

30 may 16:15
Yangiliklar

Futbol

"Paxtakor"ning izohi: Masharipovning transferi 6 million evroga baholanmagan!

"Paxtakor" etakchisi Jaloliddin Masharipovga Turkiyaning "Trabzonspor" klubi jiddiy qiziqayotgani haqida malumot bergandik.

Bugun turk matbuotida, xususan "FotoMac" nashri tarqatgan xabarga ko'ra Masharipovning transfer narxi 6 million evro baholangan va bu "Trabzonspor" klubini qo'rqitib yuborgani haqida malumot bergan. 

Mazkur holatni aniqlash maqsadida, saytimiz tahririyati "Paxtakor" rahbariyati bilan bog'landi. Toshkent klubining "championat.asia"ga malum qilishicha, turk matbuotidagi xabar asossiz. Yani, "Paxtakor" Masharipovning transfer narxini 6 million evro baholamagan. SHuningdek, klublar hali rasman muzokaralarga kirishmagan. "Trabzonspor" klubi Masharipovning transferi bo'yicha hozircha rasmiy so'rov yuborgani yo'q. 

Kuni kecha Masharipovning transferi bo'yicha SHahboz Beg'amov malum qilganidek, "Paxtakor" va turk klubi o'rtasidagi muzokaralar hali rasmiy jarayonga ko'chmagan. Va bu ko'p jihat avvalo futbolchi hamda klubning o'zaro shartnoma shartlarini kelishuviga ham bog'liq masala. Turkiya klubi Masharipovga jiddiy qiziqmoqda, lekin hali aniq taklif bilan toshkentliklarga murojaat qilmagan.

"Paxtakor" Jaloliddin Masharipovning transferi bo'yicha "Trabzonspor" bilan muzokaralarga kirishishga tayyor va tomonlar buni o'zaro hal etishlari mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing