25 iyu 15:50
Yangiliklar
Futbol

"Paxtakor"ning raqibi Gomis bilan shartnomani uzaytirdi
Saudiya Arabistoni klubi o'z etakchilaridan biri bilan bitimni uzaytirdi.
Franciyalik 34 yoshli futbolchi "Al Hilol" bilan 2022 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Bafetimbi Gomis joriy mavsum jamoasi safida barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol urishga erishdi.
Eslatib o'tamiz, "qora pantera" bundan oldin "Sent-Eten", "Trua", "Lion", "Suonsi", "Marsel" va "Galatasaroy" klublari sharafini himoya qilgan. 2008-2013 yillar davomida esa Fracniya terma jamoasida o'ynagan.
Malumot uchun, "Paxtakor" sentyabr oyida OCHL guruh bosqichida "Al-Hilol"ga qarshi ikkita o'yin o'tkazadi. Uchrashuvlar markazlashgan tizimda Qatarda tashkil etiladi.
OCHL. G'arb mintaqasidagi o'yinlar qaerda bo'lib o'tishi malum bo'ldi
Havola :
Manba : twitter.com/alhilal_en
Fikrlar