01 mar 08:44
Yangiliklar
Tennis
Pedro Martines Santyagoda bosh sovrin sohibiga aylandi
CHilining Santyago shahrida tennis bo'yicha ATP turniri bo'lib o'tdi.
Chile Dove Men+Care Open musobaqasining hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 72-raketkasi bo'lib turgan ispaniyalik Pedro Martines reytingda o'zidan 6 pog'ona pastda borayotgan argentinalik Sebastyan Baesga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 48 daqiqa davom etgan bahsda Martines raqibini 4/6, 6/4, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 24 yoshli Pedro 1 ta eys, 5 ta breyk-poynt, 21 yashar Baes esa 2 ta eys va 4 ta breykni amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tikandi - 1:1.
Chile Dove Men+Care Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Pedro Martinesga 250 reyting ochkosi hamda 51,045 dollar mukofot puli keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar