17 jan 10:21
Yangiliklar
Futbol
Pele JCH g'olibligiga asosiy davogar qaysi jamoa ekanini aytdi
Futbol qiroli Pele Rossiyada o'tkaziladigan Jahon chempionati oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Pelening so'zlariga ko'ra Braziliya terma jamoasida musobaqada g'olib bo'lish uchun hamma narsa etarli ekan.
“Har bir braziliyalik o'z jamoasini asosiy davogar sifatida ko'radi. Hozir Braziliya terma jamoasida chempion bo'lish uchun hamma narsa bor. Asosiysi ularda jamoa bor. Oxirgi musobaqalarda ham tarkibda yaxshi o'yinchilar bo'lgan, ammo jamoa shakllantirilmagan edi. Ayni vaqtda Tite barcha futbolchilarni bir maqsad yo'lida birlashtira oldi”, - dedi Pele.
Havola :
Fikrlar