08 jan 15:51
Yangiliklar
Futbol

Pepe Reyna APLga qaytishi mumkin
"Milan"ning bir yo'la ikki futbolchisi yanvarda "Aston Villa"ga o'tishi mumkin.
Birmingemliklar nafaqat hujumchi Kshishtof Pyontek bilan, balki "rossonerilar"ning zaxira darvozaboni bilan ham shartnoma imzolashmoqchi.
"Villa" 37 yoshli ispaniyalik futbolchini jarohati sabab mavsum so'nggiga qadar safdan chiqqan Tom Xitonning o'rniga ijaraga olishga qarshi emas.
Reynaning o'z ham APLga qaytishga qarshi emas. U 2005-2014 yillar davomida "Liverpul" sharafini himoya qilgan.
Eslatib o'tamiz, darvozabonning "Milan" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar