03 sen 12:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Pereyraning singlisi ONE FC tarixidagi eng yosh chempionga qarshi jang qiladi
UFC’ning ikki vazn toifasida sobiq chempioni Aleks Pereyraning singlisi Alin yaqin orada dunyoning eng kuchli MMA ligasiga qo'shilishi mumkin.
U 14 oktyabrga o'tar kechasi Dana Uaytning «Davogarlar seriyasi» (Dana White’s Contender Series) turnirining 10-mavsumi doirasida ONE FC’ning muay-tay bo'yicha sobiq chempioni Smilla Sandellga qarshi jang qiladi.
2022 yilda Sandell ONE FC tarixidagi eng yosh chempionga aylangan. U 17 yosh 161 kunligida chempionlik kamariga ega chiqqan. SHveciyalik sportchi promoushenni 5:0 rekordi va uchta nokaut bilan tark etgan.
35 yoshli Alin esa ushbu jangga MMAdagi 3-2 rekordi bilan kelmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar