12 sen 06:52
Yangiliklar
Peru Braziliyaning 17 ta o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi
Etiborlisi, peruliklar bugun tong saharda o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida “pentakampeonlar”ning 17 ta o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'yishdi.
AQSHning Los-Anjeles shahrida o'tkazilgan bahsdagi yagona gol o'yinning 85-daqiqasida Luis Abram tomonidan kiritildi. Bu jamoalar iyul oyida Kopa Amerikaning finalida to'qnash kelishgan va o'shanda Braziliya 3:1 hisobida g'alaba qozonib, chempionga aylangan edi.
Braziliya – Peru 0:1 (0:0)
Gol: Abram, 85
Braziliya: Ederson, Fagner, Markinos, Militao, Aleks Sandro, Markes Loureyro, Kazemiro (Fabino, 64), Koutino (Pintu, 84), Risharlison (Vinisius, 74), Firmino (Neymar, 63), David Neres (Paketa, 64).
Peru: Galese, Advinkula, Sambrano (Santamariya, 69), Abram, Trauko, Kosta (Kueva, 72), Akino (Gonsales, 69), Tapiya, Yotun (Balon, 90+3), Flores (Karilo, 72), Ruidias (Reyna, 45).
Ogohlantirishlar: Aleks Sandro – Akino.
Fikrlar