16 noy 11:23
Yangiliklar
Peru - JCH-2018ning eng so'nggi ishtirokchisi!
Uchrashuvning 28-daqiqsida Jefferson Farfan hisobni ochdi. Ikkinchi taym o'rtalarida esa Kristian Ramos farqni oshirdi - 2:0. Uchrashuvda hisob boshqa o'zgarmadi va Peru 2018 yilgi Jahon chempionatining eng so'nggi ishtirokchi jamoasiga aylandi.
Peru – Yangi Zelandiya 2:0
16 noyabr, 07.15, Estadio Nacional del Peru
Gollar: 1:0 – 28 Farfan, 2:0 – 65 Ramos.
Peru – Galese, Ramos, Trauko, Advinkula, Rodriges, Kueva (Sela, 86), Tapiya, Polo (Karrilo, 74), Farfan, Flores, Ruidias (Yotun, 66).
Yangi Zelandiya – Marinovich, Rid, Dyurent (Brokki, 77), Uinn, Boksell, Lyuis (Roxas, 59), Kolvi, Tuiloma (Vud, 46), Tomas, Barbaruses, Makglinchi.
Ogohlantirishlar: Tomas (19), Flores (22), Ramos (75), Galese (80).
Birinchi o'yin – 0:0
Fikrlar