So’nggi yangiliklar

17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

18 avg 15:34
Yangiliklar

Futbol

PFL rahbarining vakolati doirasiga kirmaydigan masalalarga aralashishga haqqi bormi?

“Bunyodkor” futbol klubining iqtidorli yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinovning “Lokomotiv” (Moskva) jamoasiga transfer qilinishi ayni paytda yurtimiz futbol jamoatchiligi etiborida bo'lib turibdi.

Kuni kecha O'zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev o'z Telegram kanalida bu vaziyatga o'z qarashlarini bayon etdi. Bizga malum bo'lishicha, kecha O'zbekiston futbol assosiaciyasida ushbu mojaroli holat bo'yicha yig'ilish o'tkazilib unda PFL rahbari, “Bunyodkor”ning sobiq rahbari va jamoa bosh murabbiyi ishtirok etgan. Yig'ilish davomida Jasur Jaloliddinovning Moskva klubiga transfer qilinishi FIFA qonun-qoidalariga mos tarzda amalga oshirilgani tushuntirib berilgan.

Albatta, maqsad va vazifalari “Mamlakatimizda professional futbolni takomillashtirish tizimi birinchi navbatda professional futbol klublarimizning Osiyo chempionlari ligasida muvaffaqiyatli qatnashuvini taminlash, shuningdek FIFA, OFK chempionatlari va xalqaro musobaqalarda O'zbekiston sharafini munosib himoya qiladigan yuqori malakali futbolchilar bilan terma jamoalarimiz tarkibini mustahkamlashdan iborat” deguvchi tashkilot rahbarining bu vaziyatga o'z munosabatini bildirishi quvonarli hol. CHunki bungacha tashkilotda rahbarlik qilganlarning bu kabi vaziyatlarda umuman munosabat bildirishganini eslay olmaymiz. Ammo Diyor Abrorovichning bu vaziyatga bo'lgan shubhali munosabati bizda ham bazi shubhalarni uyg'otdi.

Masalan, “Jaloliddinovga Turkiyadan 400 ming evrolik taklif turganda nega u erkin agentga aylantirilib, keyin “Lokomotiv”ga yo'naltirilgan?” deya o'quvchilarga savol bilan murojaat qilgan tashkilot rahbari bunday savol bilan faqatgina klub prezidenti qo'li ostidagi xodimlarga yoki transferni amalga oshirishga bosh-qosh bo'lgan insonlarga murojaat qilishi mumkinligini nahot bilmasa yoki tushunmasa?

Agar bilmasangiz, bildirib qo'yamiz: klub ichki ishiga aralashish, qaysidir futbolchining qaysi klubga o'tishiga yoki maydon maysasini qaysi texnika bilan o'rish, pardozlashiga aralashish mutlaqo PFLning, direktor vazifasini bajaruvchi rahbari vakolatiga ham kirmaydi.  

Qolaversa, futbolchining o'zi Rossiya klubiga o'tishi oldidan bergan intervyusida Turkiya va Rossiya klubidan taklif bo'lgani haqida gapirib, aynan o'zi “Lokomotiv” variantini tanlaganini ochiq-oydin aytib o'tgan. Keyin endigina 18 yoshga to'lgan, hali terma jamoa tarkibidan muqim joy olmagan futbolchi transferidan klub g'aznasiga yaxshigina mablag' (350 ming evro) kelib tushgan. Yuqorida takidlaganimizdek, ushbu transfer xalqaro maqomga ega bo'lgan va FIFA qonun-qoidalariga mos tarzda amalga oshgan. Agar hujjatlarida qandaydir noaniqliklar bo'lganida, bu o'tish amalga oshmagan bo'lardi.

“Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jaloliddinov transferi borasida axborot berishni so'rab ikki marta “Bunyodkor”ga murojaat qilgan, ammo ish pishmaguniga qadar “Bunyodkor” javob xatini paysalga solgan. Nega?”

Bilishimizcha, “Bunyodkor” allaqachon Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tgan, yani agentlik klub boshqaruvini qo'lga olgan. Demak agentlik o'z qo'li ostidagi klubga xat bilan murojaat qilgan. Javob olmagan bo'lishiyam mumkin. Xo'p, buning PFLga qanday aloqasi bor? Yoki agentlik PFLga “klubga xat bilan chiqdik, javob bermayapti” deb arz qilganmi? Arz qilgan taqdirdayam ikki tashkilot o'rtasidagi o'zaro kelishuv yoki kelishmovchilikni PFL rahbari tomonidan ommaga olib chiqilishidan kim manfaatdor? O'quvchilariga bu tarzda keskin va mahum savollar bilan murojaat qilish nimaga kerak bo'ldi? O'FA Etika qo'mitasidan PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaevning ushbu harakati yuzasidan munosabatini kutamiz.

Reyting:    

Fikrlar

   
18 avg 20:48:49
Davron Tashkenbayev
Тушунмадим чемпионат азиянинг позициясига.Диёр жиннимаски булиб утган кингир ишни тушунмаса. Эркин агент булиб локога утган булса 350 минг еврони кимнинг газнасига ёки кимларнинг чунтагига тушган!!! Куриниб турган кингир ишни хаспушлавоссилар. Сизларга хам доля беришганми дейманов!!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing