06 okt 12:33
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/20346_220.jpg)
Pike SHakira bilan ajrashmoqchi
Payshanba kuni ispan va Kolumbiya OAVda "Barselona" himoyachisi Xerard Pike hamda xonanda SHakira ajrashayotgani haqida xabarlar paydo bo'ldi.
Juftlik ajrashish haqida o'ylashmoqda. SHakira bir necha kun oldin Barselonadagi uyini tark etgan.
Bunday mish-mishlar iyun oyida, Lionel Messi hamda Antonella Rukucco o'rtasidagi to'ydan so'ng tarqalib ketgan edi. Hozircha futbolchi va xonanda bu malumotni tasdiqlagani yo'q. Ammo ushbu oilaga yaqin kishilar Pike va SHakira ajrashishi mumkinligi haqidagi malumotni tasdiqlashdi. Ispaniyalik va kolumbiyalikni so'nggi marotaba Messi va Antonellaning to'yida birga ko'rishgan. Bu juftlikning ikki farzandi bor - Milan (4 yosh) va Sasha (2 yosh).
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar