15 iyu 10:19
Yangiliklar

Avval Ramazon Temirov, endi esa Abu-Dabi turnirining co-main event jangi bekor qilindi
UFC on ABC 9 turnirining co-main event, yani muhimligi jihatidan ikkinchi jangi bekor qilindi. Bunga rosssiyalik Movsar Evloevning sog'lig'ida yuzaga kelgan muammo sabab bo'ldi. Yarimengil vazn toifasi vakili amerikalik Aaron Pikoga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi.
Malumotlarga ko'ra, ushbu jang 17 avgust kuni AQSHning CHikago shahrida o'tkaziladigan UFC 319 turniri kardiga ko'chiriladi. CHikagodagi ushbu raqamlangan UFC turnirida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev AQSH vakili Brayan Battlga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Malumot uchun, besh raund etib belgilangan Movsar Evloev - Aaron Piko jangi davogarlik maqomida edi. G'olib jangchi divizionning amaldagi chempioni, avstraliyalik Aleksandr Volkanovskining kamari uchun majburiy davogarga aylanadi.
Fikrlar