04 iyu 14:36
Yangiliklar
Plyaj futboli: O'zbekiston hamon Osiyodagi kuchli o'nlikka kira olmayapti
O'zbekiston termasi avvalgi ko'rsatkichga nisbatan 1 pog'ona ko'tarildi. Osiyo
mintaqasi terma jamoalari orasida O'zbekiston 11-o'rinda qoldi. OFKga
azo mamlakatlar reytingida Eron termasi 3208 ochko bilan etakchilik
qilayotgan bo'lsa, Yaponiya (1759) va BAA (1425) kuchli uchlikka joylashdi.
OFKga azo mamlakatlar reytingining dastlabki 15 pog'onasi quyidagicha ko'rinish olgan:
1 (3). Eron – 3208 ochko
2 (9). Yaponiya – 1759 ochko
3 (10). BAA – 1425 ochko
4 (14). Ummon – 1086 ochko
5 (23). Livan – 711 ochko
6 (35). Tailand – 458 ochko
7 (41). Xitoy – 375 ochko
8 (45). Bahrayn – 311 ochko
9 (46). Vetnam – 296 ochko
10 (52). Afg'oniston – 235 ochko
11 (59). O'zbekiston – 169 ochko
12 (60). Qatar – 160 ochko
13 (70). Malayziya – 102 ochko
14 (78). Iroq – 86 ochko
15 (83). Laos – 76 ochko
Izoh: Qavs ichida terma jamoalarning dunyo reytingidagi o'rni ko'rsatilgan
Braziliya
4658 ochko bilan plyaj futboli bo'yicha jahon reytingida peshqadamlikni
saqlab qoldi. Portugaliya 3751 ochko bilan ikkinchi o'rinda borayotgan bo'lsa,
Osiyo peshqadami Eron dunyo reytingida kuchli uchlikka kirdi.
Malumot
uchun, mazkur reytingni tuzishda terma jamoalarning 2013 yil iyul oyidan
2017 yil iyun oyiga qadar qayd etgan natijalari hisobga olingan.
Fikrlar