21 mar 15:18
Yangiliklar
Polo bo'yicha “Tashkent Open-2021” turnirining g'olibi aniq
2 kun davom etgan bahslardan so'ng musobaqada g'olib va sovrindor jamoalar nomi aniq bo'ldi.
G'oliblik uchun Qashqadaryo viloyatidan “Koç Construction” tashkiloti nomidan ishtirok etgan “Qorabayir otchilik majmuasi” va Buxoro viloyatidan kelgan “NEST ONE” jamoalari bahs olib borishdi. Keskin va murosasiz kechgan kurashda qashqadaryolik polochilar raqiblaridan ustun ekanliklarini ko'rsatishdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda esa “Universal Jumping” polochilari Milliy Gvardiya qo'mondonligi jamoasini mag'lub etdi.
Musobaqaning taqdirlash marosimida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy gvardiya qo'mondonligi, O'zbekiston polo federaciyasi, yurtimizda faoliyat olib borayotgan taniqli ishbilarmonlar va sport jamoatchiligi vakillari ishtirok etib, bu kabi musobaqalarning tashkil etilishi yurtimizda jismoniy tarbiya va sport ommaviyligi yo'lida muhim ahamiyat kasb etishini takidlashdi.
Fikrlar