11 apr 07:21
Yangiliklar
Tennis

Polona Xercog irodali g'alabaga erishdi
Dunyoning 89-raketkasi bo'lib turgan Polona Xercog SHveycariyaning Lugano shahrida o'tkazilayotgan turnirning chorak finaliga yo'l oldi.
Sloveniyalik tennischi reytingning 103-pog'onasidan joy olgan ruminiyalik Sorana Kirstyadan ustun keldi. Ikki soatu 22 daqiqa davom etgan bahsda Xercog 3/6, 7/6(0), 6/4 hisobidagi irodali g'alabaga erishdi.
Endi 28 yoshli Polona Samsung Open turnirining chorak finalida rossiyalik Veronika Kudermetova hamda shveciyalik Rebekka Peterson uchrashuvi g'olibasiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar