So’nggi yangiliklar

19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0

28 dek 18:09
Yangiliklar

Kurash

Polvonlarimiz xalqaro turnir va jahon Kubogida kuchli uchlikdan joy olishdi

Teglar :  Belbog'li kurash
22-26 dekabr kunlari Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasi Ufa shahrida belbog'li kurash buyicha xalqaro turnir, erkaklar va ayollar o'rtasida jahon kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mazkur ikki musobaqada mamlakatimiz polvonlari ham terma jamoa bosh murabbiyi SHavkat Mirzaqulov hamda yordamchi murabbiy Yusuf Barnoqulovlar boshchiligida to'liq tarkib bilan ishtirok etishdi. Yigirmadan ortiq davlatdan kelgan eng sara polvonlar ishtirokidagi ushbu jahon kubogi va xalqaro turnirda vakillarimizning qo'lga kiritgan natijalari tahsinga sazovor bo'ldi. 

Xususan, terma jamoamiz azolaridan Abultolib Mahkamov, Mamarajab Rahmatov, Zaylobiddin Ortiqov, Manzuraoy Mo'ydinova, Og'abek Amatboev, Samandar Egamerdiev, Navro'z Mamayusupov, Yodgor Almazov, SHoxrux Qurbonmurodov, Azim Norqulov, Behruz Abdurahmonov, Yunus Sunnatov, Sarvar Ikromov hamda Nuraziz Ilhomedinovlar kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo'lishdi. 

SHuningdek, jahon kubogining so'nggi kunida terma jamoalar o'rtasidagi aralash miks bahslari ham bilib o'tdi. Mazkur jamoaviy bellashuvlarda terma jamoamiz uchinchi o'rinni band etib, bronza medallariga egalik qilishdi. 

SHu tariqa savrindorlar qatoridan joy olishga erishgan polvonlarimiz shoda-shoda medallar bilan yurtimizga qaytib kelishdi va ular tantanali kutib olindi, jumladan, terma jamoamiz tarkibida ishtirok etgan Navoiy viloyati sportchilari ham Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida, shahar hokimligi, viloyat sport boshqarmasi, sport-talim muassasalari vakillari hamda sportchilarning yaqinlari tomonidan munosib kutib olindi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing