31 dek 11:56
Yangiliklar
Futbol

“Portu” rekord o'rnatdi!
“Portu” jamoasi Portugaliya liga kubogining guruh bosqichida “Belenensesh”ni 2:1 hisobida mag'lub etib finalga chiqdi.
“Ajdarlar” barcha musobaqalarni hisobga olganda ketma-ket 16 ta uchrashuvda g'alaba qozondi. Bu esa klubning yangi shaxsiy rekordi bo'ldi. Jamoa so'nggi bor 7 oktyabr sanasida “Benfika”ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi.
Portugaliya chempionatida Serjiu Konseysau ustozligidagi klub 2-o'rindagi “Benfika”dan 4 ochko o'zib ketib peshqadam bo'lib turibdi.
Havola :
Fikrlar