17 dek 10:41
Yangiliklar
Formula-1
Portugaliya Gran-prisi Formula 1 taqvimiga qaytadi
Formula-1 Portugaliya Gran-prisining 2027 yildan chempionat taqvimiga qaytishini elon qildi.
Portugaliyadagi bosqich Gollandiya Gran-prisining o'rnini egallaydi. Mazkur hududda oxirgi marta 2020 va 2021 yillarda, pandemiya davrida poygalar o'tkazilgan edi.
Formula-1 chempionat ikki yillik shartnoma asosida, 2027 va 2028 yillarda Portugaliyada musobaqalar o'tkazilishini malum qildi.
Birinchi Portugaliya Gran-prisi 1958 yilda Portugaliya shahrida bo'lib o'tgan. 1997 yildan 2019 yilgacha mamlakatda hech qanday poyga o'tkazilmagan. 2020 yilda, uzoq tanaffusdan so'ng, pandemiya tufayli mavsum taqvimini kengaytirish uchun Algarve trassasida bosqich tashkil etilgan. 2021 yilda Algarve poygasi bekor qilingan Vetnam Gran-prisi bilan almashtirilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar