01 iyu 03:10
Yangiliklar

Portugaliya penaltilar seriyasida Polshani mag'lub etdi va yarim finalga chiqdi
Bunday baxt Portugaliya terma jamoasiga nasib etdi. Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari chorak final doirasidagi bahsda Polsha terma jamoasini penaltilar seriyasida mag'lub etishdi.
Uchrashuvning asosiy va qo'shimcha bo'limlarida 1:1 hisobi o'zgarmay qoldi. O'yindan keyingi penaltilar seriyasida omad Portugaliya futbolchilariga kulib boqdi.
Birorta ham o'yinda mag'lubiyatga uchramagan Polsha musobaqani shu tarzda tark etdi. Aksincha, Portugaliya asosiy vaqtda birorta g'alabaga erishmay, yarim finalga chiqdi.
Evro-2016. CHorak final.
POLSHA – PORTUGALIYA 1:1 (pen. seriyasi 3:5)
Marsel, “Velodrom” stadioni
Gollar: R. Levandovski 2 – R. Sanshesh 34
Polsha: Lukash Fabianski, Kamil Glik, Artur Enjeychik, Lukash Pishchek, Mixal Pazdan, Yakub Blashchikovski, Gjegoj Krixovyak, Kjishtof Monchinski, Kamil Grosicki (Bartosh Kapustka 82), Robert Levandovski, Arkadiush Milik.
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Pepe, Elizeu, Sedrik Soaresh, Joze Fonte, Renatu Sanshesh, Vilyam Karvalyu, Nani, Adrien Silva (Joau Moutinyu 73), Joau Mariu (Rikardo Kuarejma 80), Krishtianu Ronaldu.
Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya)
Ogohlantirishlar: A. Enjeychik 42, K.Glik 66, B. Kapustka 88 – A.Silva 70, V. Karvalyu 90+2
Fikrlar