So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

13 noy 13:07
Yangiliklar

Dzyudo

Poytaxt viloyati dzyudochilari O'zbekiston chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi

Farg'ona shahridagi "Samo" sport majmuasi mezbonlik qilgan dzyudo bo'yicha 2009-2010 yillarda tug'ilgan kichik yoshdagi o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati qolgan hududlar dzyudosining ham o'sib borayotganini ko'rsatdi.

Buni yakuniy natijalar ham isbotlaydi. O'n to'rt hududiy terma jamaolardan o'n uchtasi kamida bitta bronza medalini qo'lga kiritdi. Bu umumiy ishtirokchilar ko'rsatkichida 93 foizni tashkil etdi. Barcha o'n to'rt jamoaning kuchli beshlikdan joy olishi bo'yicha yuz foizlik natida qayd etildi. 

Kattalar o'rtasidagi bo'lajak O'zbekiston chempionati mezbonlari hisoblangan Jizzax viloyati dzyudochilari 2 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Bu juda ham yaxshi natija. 

Uch kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra umumjamoa hisobida Toshken viloyati terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan birinchi o'rinni egalladi. Xorazm viloyati 3 ta oltin, 7 ta kumush, 7 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etdi. Xorazmlik dzyudochilar musobaqada eng ko'p medal qo'lga kiritishdi - 17 ta! 

Kuchli uchlikka Buxoro viloyati jamoasi 3 ta oltin, 6 ta bronza medali bilan yakun yasab berdi. Toshkent shahri, Samarqand, Jizzax va mezbon Farg'ona viloyati terma jamoalari safida ikki nafardan O'zbekiston chempioni bo'ldi. Surxondaryo va Namangan jamoalari tarkibida bir nafardan chempion bor. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing