04 okt 11:05
Yangiliklar
Dzyudo
Poytaxtimiz yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi
6-8 oktyabr kunlari poytaxtimizdagi muhtasham “O'zbekiston” sport majmuasida dzyudo bo'yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tadi.
Ushbu nufuzli musobaqa Toshkent shahrida to'rtinchi marotaba tashkil etilmoqda. Bu galgi Gran-Pri turnirida 15 mamlakatdan 140 nafar dzyudochi 7ta vazn toifasida medallar uchun tatamiga chiqadi.
Mezbon sifatida O'zbekiston terma jamoasi har bir vazn toifasida 4 nafardan sportchi bilan ishtirok etishi mumkin. Bizga xabar berishlaricha, Toshkent Gran-Prisida 56 nafar dzyudochimiz yurtimiz sport sharafini himoya qiladi.
Musobaqaning birinchi kuni, yani 6 oktyabrda erkaklar -60 va -66, ayollar esa -48, -52 hamda -57 kg vazn toifalarida bahslarga kirishishadi. SHu kunning o'zida ushbu vaznlarda g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar