02 noy 10:12
Yangiliklar
Boks/MMA, Boshqalar
Poytaxtimiz yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi
Toshkent shahri yana bir nufuzli musobaqa - qo'l jangi bo'yicha Osiyo Ochiq chempionatiga mezbonlik qiladi.
10-12 noyabr kunlari poytaxtimizdagi muhtasham “O'zbekiston” sport majmuasida o'tkaziladigan ushbu musobaqada 20 dan ortiq davlatdan sara qo'l jangi ustalarining ishtirok etishi kutilyapti.
Osiyo Ochiq chempionati mezboni sifatida qo'l jangi bo'yicha
O'zbekiston terma jamoasi ikki tarkib bilan qatnashish huquqiga ega. Har bir
davlatdan bir nafardan xalqaro toifadagi hakamlar bahslarni boshqarab borishadi.
Malumot uchun, 10 noyabr kuni “O'zbekiston”
mehmonxonasida Osiyo Ochiq chempionatiga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkaziladi.
Musobaqa doirasida qo'l jangi bo'yicha professional janglar ham tashkil etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar