So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

20 apr 17:49
Yangiliklar

Boshqalar

Poytaxtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun sport marafoni tashkil qilindi

Teglar :  Paralimpiya
O'zbekiston Milliy Paralimpiya Associaciyasi imkoniyati cheklangan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular orasida paralimpiya harakatini rivojlantirish orqali jamiyatga faol integraciyalashuvini taminlash, hayotga qiziqishini oshirish, iqtidor va salohiyatini ro'yobga chiqarish borasida insonparvarlik faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishi to'g'risida”gi PQ-2821-sonli qarori bunda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Buning samarasi o'laroq paralimpiyachilarimiz xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda, Paralimpiya o'yinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqdalar.

SHu kunlarda O'zbekiston Milliy Paralimpiya Associaciyasi O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan imkoniyati cheklangan bolalar maxsus maktab-internatlari va kolleji tarbiyalanuvchilari o'rtasida paralimpiya sport turlari bo'yicha bir qator sport musobaqalarini o'tkazmoqda.

Jumladan bugun, Bobur nomidagi Toshkent markaziy eko bog'ida 100-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maxsus maktab-internati va zaif ko'ruvchi bolalar maxsus maktab-internati tarbiyalanuvchilari o'rtasida sport marafonini o'tkazildi. Mazkur marafonda 80 nafarga yaqin bola sovrinli o'rinlar uchun kuch sinashdi.

Musobaqa davomida ishtirokchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida elimiz suygan sanatkorlar o'zlarining chiqishlari va bolajonlarga bildirgan tilaklari bilan barchani hushnud qildilar. Tadbir co'ngida musobaqa g'oliblari O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy Paralimpiya Associaciyasining esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing