27 sen 07:18
Yangiliklar

Prague European Open turniriga qura tashlandi. Bobonov 13 oylik tanaffusdan keyin qaytmoqda
Dunyoning 35 davlatidan jami 405 nafar dzyudochi qatnashadigan Prague European Open 2025 turniriga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Ikki kun davom etadigan nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasining 11 nafar dzyudochisi ham medallar uchun tatamiga chiqadi.
Nihoyat, 13 oylik tanaffusdan so'ng biz Davlat Bobonovni yana tatamida ko'ramiz. Tokio Olimpiadasi sovrindori jarohati sabab Parij-2024 Olimpiya o'yinlaridan keyin musobaqalarda ishtirok etmagandi. SHu paytgacha -81 kg vaznda turnirlarda qatnashib kelgan Arslonbek Tojiev Praga musobaqasida -90 kg vazn toifasida kurashadi. Bu vaznda uch nafar dzyudochimiz Prague European Open 2025 medallari yo'lida bahslarga kirishadi.
Prague European Open 2025. Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-48 kg: Halimajon Qurbonova – Konul Alieva (Ozarbayjon)
-52 kg: Muhayyo Ahmatova – Erin Seynxeyv (Belgiya)/ Polin Kyuk (Franciya)
-57 kg: SHukurjon Aminova – Vera Raspe (Niderlandiya)/ Tatanilla Abraham (Vengriya)
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva – Viktoriya Lis (Polsha)
-60 kg: Bahrom Boturov – Jeyson Vong (Niderlandiya)
-73 kg: Zamohshari Bekmurodov – Viktor Mrovjinski (Polsha)
-73 kg: Abdurahim Nutfulloev – Ofek Rahamim (Isroil)
-90 kg: Nurbek Murtazoev – Yakub Pogorali (CHexiya)/ Ivan Kutenkov (Ukraina)
-90 kg: Davlat Bobonov – Marat Krijananskiy (Ukraina)/ Roy Sivan (Isroil)
-90 kg: Arslonbek Tojiev – Artyom Bubir (Ukraina)
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev – Fedir Yaroshenko (Ukraina)
Fikrlar