29 sen 10:08
Yangiliklar
Dzyudo

Prague European Open turnirini 4 ta medal bilan yakunladik. To'raboev yangi vaznda ilk medalini qo'lga kiritdi
CHexiyaning Praga shahri mezbonlik qilgan Evropa Ochiq Kubogi o'z yakuniga etdi.
Ikki kun davom etgan nufuzli musobaqa yakunida O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 35 davlat orasida 5-o'rinni egalladi. Jamoamizga yagona oltin medalni buxorolik 20 yoshli dzyudochimiz Zamohshari Bekmurodov taqdim etdi.
SHukurjon Aminova, Irisxon Qurbonboeva va Muzaffarbek To'raboev Prague European Open 2025 turnirining bronza medallariga sazovor bo'lishdi. Bu Parij-2024 Olimpiadasi sovrindorining +100 kg vaznda qo'lga kiritgan ilk medali edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar