11 avg 10:53
Yangiliklar
Tennis
Prague Open. 330-pog'onadan joy olgan Bushar 40-raketkani engdi
CHexiya poytaxti Praga shahrida tennis bo'yicha WTA turniri davom etmoqda.
Sayyoramizning 40-raketkasi bo'lib turgan rossiyalik Veronika Kudermetova ilk davra uchrashuvida biroz kutilmagan reytingning 330-pog'onasidan joy olgan kanadalik maftunkor tennis malikasi Ejeni Busharga yutqazib qo'ydi - 0/6, 3/6.
Uchrashuv 75 daqiqa davom etgan. Veronika ikki, Ejeni esa beshta eys zarbasini amalga oshirgan. O'zaro uchrashuvlarda Bushar endi 3:0 hisobida oldinda. Kanadalik tennischi ikkinchi davrada chexiyalik Katerjina Sinyakova yoki sloveniyalik Tamara Zidanshekka qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar