01 sen 08:37
Yangiliklar
Prates Islam Maxachevni nokaut evaziga mag'lub etmoqchi
U bo'lajak ehtimoliy jangni Anderson Silva va CHeyl Sonnen o'rtasidagi qarama-qarshilikka qiyosladi.
"Silvaning CHeyl Sonnen bilan jangiga qarang: birinchi raundda CHeyl tepa poziciyani egallab, mauntga chiqdi. Ikkinchi raundda esa Silva shu ishni bajardi va raqibini nokaut qildi.
O'ylaymanki, men bilan ham xuddi shunday holat yuz beradi. Dastlab meni qattiq kaltaklashadi. Keyin o'rnimdan turib, unga zarar etkaza boshlashim bilanoq, to'rtinchi yoki beshinchi raundda Maxachevni nokaut qilaman", — deya Pratesning so'zlarini keltiradi MMA Fighting nashri.
Yaqinda chempionlik himoya jangini muvaffaqiyatli o'tkazgan Islam Maxachev keyingi raqibi sifatida aynan Pratesni ko'rayotganini aytgandi. Bu jangning Ramazon oyigacha o'tkazilishi kutilmoqda.

Fikrlar