So’nggi yangiliklar

17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0

09 iyu 13:14
Yangiliklar

Tennis

PREVYU. Roland Garros 2019. Bugun FINAL: Grunt shahzodasi Qirolga qarshi!

Bugun ikki haftadan oshiqroq vaqt davomida o'tkazilayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turniri yakuniga etadi.

Franciya poytaxti Parij shahri mezbonligida o'tayotgan turnirning so'nggi kuni muxlislar ikkitaga finalga guvoh bo'lishadi. Avvaliga ayollar o'rtasidagi juftlik musobaqasining final uchrashuvi o'tkaziladi. Keyin esa erkaklar o'rtasidagi yakkalik turnirida chempion aniqlanadi. 

Hal qiluvchi final uchrashuvida grunt, yani qum qoplamali kortlar qiroli Rafael Nadal ATP reytingining 4-pog'onasidan joy olgan avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqadi. Timga nisbatan grunt turnirlar shahzodasi tarif beriladi. 

Ispaniyalik tennis afsonasi uchun bu “Rolan Garros” turniridagi 15-mavsum hisoblanadi. Nadal 15 yillik ishtiroki davomida faqat ikki marta mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Bugun u 12-titulini qo'lga kiritish uchun urinib ko'radi. 2016 yilgi “Rolan Garros” turnirining uchinchi bosqichida u jarohati sabab hamyurti Marsel Granolersga qarshi kortga chiqmagan. Bu mag'lubiyatga kirmaydi. 

Nadal ilk bor Parijda 2009 yilgi turnirda mag'lubiyatga uchragan. Rafa kutilmaganda  to'rt set davom etgan bahsda Robin Syoderlingga imkoniyatni boy berib qo'ygan. Nadal bu yilgi “Rolan Garros”da birgina David Goffenga uchinchi davra uchrashuvida bitta setni yutib olish imkonini berdi, xolos. 

Grunt shahzodasi bo'lgan Dominik Tim so'nggi to'rt mavsumdan beri har yili bir marotaba Nadalni grunt turnirida mag'lubiyatga uchrata olyapti. Aynan shu holat bu yilgi finalga bo'lgan qiziqishni oshirgan. Hozircha o'zaro grunt qoplamali turnirlardagi hisob - 6:4, Nadal foydasiga. Ko'ramiz, bugun kimning ko'chasida bayram bo'lar ekan: Qirolnimi yoki uning vorisini?

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing