29 noy 16:16
Yangiliklar
Prezident Cup. Bosh sovrinni O'zbekistonda olib qololmadik, Sindarov ikkinchi bo'ldi
Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etgan Prezident Cup musobaqasi bosh sovrini uchun bahs olib borishdi. Yakunda bosh sovrin Nihal Saringa nasib etdi. Hindistonlik grossmeyster chempionlik o'yinida Nodirbek Abdusattorov bilan durang o'ynadi va 7,5 ochko jamg'argan holda chempionga aylandi.
Hamyurtimiz Javohir Sindarov ikkinchi o'rinni egalladi. U bugun 9-turda hindistonlik Nilash Sahani taslim etdi. Agar Javohir bir tur oldidan Nihal Saringa yutqazmaganida aynan u turnir chempioni bo'lar edi. Saidakbar Saydalievdan ustun kelgan turnirning ikkinchi raqamli ishtirokchisi eronlik Parham Maqsudlu 7 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra uchinchi o'rinni band etdi. Musobaqaning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov 6,5 ochko jamg'ardi va 5-o'rin bilan kifoyalandi.
Fikrlar