So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

29 noy 09:16
Yangiliklar

SHaxmat

Prezident Cup. Sindarov muhim uchrashuvda yutqazdi, ikki Nodir, Ortiq va Saidakbarda g'alaba! (Barcha malumotlar)

Bugun poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasi mezbonligida o'tayotgan nufuzli xalqaro musobaqa o'z yakuniga etadi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Prezident Cup musobaqasi bosh sovrini uchun bahs olib borishyapti. Birozdan so'ng, aniqrog'i soat 10:00da turnirning so'nggi 9-tur uchrashuvlari boshlanadi. Tushdan keyin g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. 

Musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan A guruhida so'nggi tur oldidan Nihal Sarin 7 ochko bilan yakka peshqadamlikni qo'lga oldi. Hindistonlik grossmeyster 8-turda hamyurtimiz Javohir Sindarovni mag'lub etishni uddaladi. Ushbu muhim g'alaba unga chempionlikni taqdim etishga yaqin turibdi. Buning uchun u bugun so'nggi 9-turda Nodirbek Abdusattorovga yutqazmasligi kerak bo'ladi. 

Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan Abdusattorov 8-turda xitoylik Xu Minguidan ustun keldi va ochkolarini 6 taga etkazib, turnir jadvalida 5-o'ringa ko'tarildi. Agar bugun Nodirbek Nihalni mag'lubiyatga uchrata olsa, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra chempion bo'lishi mumkin ekan. Faqat bunda Ortiq Nig'matov, Nilash Saha, Javohir Sindarov ishtirokidagi partiyalar natijasiga ham qaraladi. 

To'qqizinchi tur oldidan Ortiq Nig'matov, Nilash Saha, Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Parham Maqsudlu, SHamsiddin Vohidov va Saidakbar Saydaliev 6 ochkodan jamg'arishgan. Nodirbek Yakubboev 5,5 ochko bilan 9-pog'onadan joy olgan. 

SHamsiddin Vohidov kecha 8-turda hind shaxmatchisi Nilash Saha bilan murosaga keldi. Saydaliev hindistonlik grossmeyster Puranik Abhimanyuni, Ortiq Nig'matov yana bir hind grossmeysteri Sankalp Guptani mag'lub etishni uddaladi. Nodirbek Yakubboev ham hindistonlik grossmeyster Prranit Vuppaladan ustun keldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing