So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

28 noy 08:04
Yangiliklar

SHaxmat

Prezident Cup. Sindarov yana peshqadam, derbida SHamsiddin mag'lubiyatli vaziyatni g'alabaga aylantirdi, Abdusattorov esa...

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasi mezbonligida o'tayotgan nufuzli xalqaro musobaqaning 7-turi ortda qoldi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Prezident Cup musobaqasi bosh sovrini uchun bahs olib borishyapti. Kecha 7-turning birinchi doskasida birinchi raqamli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov (2777) qora donalarda hindistonlik Puranik Abhimanyu (2682) bilan murosaga keldi. Nodirbek 5 ochko bilan hamon 6-o'rinni egallab turibdi. Ammo chempionlik uchun imkoniyatlari pasayib ketdi. 

Musobaqada 7-tur oldidan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra yana 1-o'ringa ko'tarilib olgan Ortiq Nig'matov (IM, 2447) qora donalarda hindistonlik grossmeyster Nihal Sarin (2676)ga yutqazib qo'ydi va turnir jadvalida 5-pog'onaga pastladi. Sarin hisobidagi ochkolar 6 taga etdi va u qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 2-o'ringa ko'tarilib oldi. 

Bu turda ham hamyurtlarimiz ishtirokidagi derbiga guvoh bo'ldik. So'nggi turlarni yaxshi o'tkazayotgan SHamsiddin Vohidov (2681) Nodirbek Yakubboev (2668)ga qarshi murosasiz bahsda mag'lubiyatni g'alabaga aylantirishga muvaffaq bo'ldi. Bu ularning o'zaro o'tkazgan 32-uchrashuvi bo'ldi. Qizig'i, ikkala grossmeysterimiz ham kechagi uchrashuvga qadar 10 tadan g'alabaga erishgandi. SHamsiddin kechagi g'alabasi evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ular o'rtasidagi 11 ta partiyada kuchlar teng kelgan.    

Bir tur oldin Nodirbek Abdusattorov bilan durang o'ynagan Javohir Sindarov (2682) 7-turda hindistonlik Sankalp Gupta (2539) ustidan muhim g'alabaga erishib, turnir jadvalida 6 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga 1-o'ringa ko'tarilib oldi. Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan eronlik taniqli shaxmatchi Parham Maqsudlu oq donalarda hind shaxmatchisi Nilash Saha (2458) bilan durang qayd etdi. Parham hisobida 5, Nilashda esa 5,5 ochko bor.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing