So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

11 mar 12:58
Yangiliklar

Boshqalar

Prezident Farmonining mazmun-mohiyati hamda ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan o'quv-amaliy seminar o'tkazildi

Teglar :  Sport vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig'iga binoan Vazirlar Mahkamasi tashabbusi bilan vazirlik va idoralarning rahbarlari hamda masul xodimlar ishtirokida o'quv-amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Seminar videokonferenciya shaklida tashkil etilib, unda bir nechta studiyadan turli vazirliklar va idoralarning xodimlari ishtirok etishdi.

Yig'ilishni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF–6166-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlashga qaratildi.


Dastlab, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining o'rinbosari Xaitbay Xaitbaev mazkur Prezident Farmonining mazmun-mohiyati haqida qisqacha tushuntirish berdi hamda o'quv-amaliy seminarni ochib berdi.

SHundan so'ng, Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyat mudirlari o'z yo'nalishlaridagi vazirliklar va idoralarda ijro intizomining bajarilishi yuzasidan maruzalar bilan chiqish qildi.

Videokonferenciyada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi majlislar zalidan vazirlik, shuningdek Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Milliy antidoping agentligi rahbar va masul xodimlari ishtirok etishdi. 

Yig'ilishda Jismoniy tarbiya va sport vazirligida ijro intizomining borishi yuzasidan Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig'i Isomiddin Po'latov ham maruza qildi. O'quv-amaliy seminar yakunida Hukumat topshiriqlarining ijrosini o'z vaqtida va sifatli taminlash bo'yicha tezkor choralar ko'rish bo'yicha vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing