So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

25 noy 13:28
Yangiliklar

SHaxmat

Prezident Kubogi. Birozdan so'ng Nodirbek Abdusattorov derbida peshqadamga qarshi partiyani boshlaydi

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasi mezbonligida o'tayotgan nufuzli xalqaro musobaqada bugun 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Prezident Kubogi musobaqasi bosh sovrini uchun bahs olib borishyapti. A guruhida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlik qilayotgan Ortiq Nig'matov (2447) soat 14:00da boshlanadigan 5-turda birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov (2777)ga qarshi oq donalarda o'ynaydi. Ikkala shaxmatchimiz ham 3,5 tadan ochkoga ega bo'lib turibdi.  

Yana ikkita juftlikda 3,5 ochkodan jamg'argan shaxmatchilar o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Grossmeyterimiz Javohir Sindarov (2682) FIDE bayrog'i ostida harakat qilayotgan rossiyalik Ivan Zemlyanskiy (2543)ga qarshi bahs olib boradi. Kecha Nodirbek Abdusattorovdan ochko tortib olgan Murali Kartekyan (Hindiston, 2625) vatandoshi Nihal Sarin (2676) bilan hisob-kitob qiladi. 

Uch ochkoga ega grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov (2501) ikkinchi raqamli ishtirokchi (Eron, 2712)ga qarshi oq donalarda o'ynaydi. SHamsiddin Vohidov (2681) 5-turda rossiyalik Aleksey Aleksandrov (2425) bilan to'qnash keladi. Nodirbek Yakubboev (2668) esa o'z singari 3 ochko to'plagan qozog'istonlik Aristanbek Urazaev bilan uchrashadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing