So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

27 noy 13:08
Yangiliklar

SHaxmat

Prezident Kubogi. Bugun ham ikki grossmeysterimiz o'rtasidagi derbiga guvoh bo'lamiz, Abdusattorov esa hind shaxmatchisiga qarshi!

Birozdan so'ng poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasi mezbonligida o'tayotgan nufuzli xalqaro musobaqaning 7-turiga start beriladi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Prezident Kubogi musobaqasi bosh sovrini uchun bahs olib borishyapti. Bugun 7-turning birinchi doskasida birinchi raqamli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov (2777) qora donalarda hindistonlik Puranik Abhimanyu (2682)ga qarshi o'ynaydi. Bugungi uchrashuv oldidan Nodirbek 4,5 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi. SHuncha ochkoga ega Puranik qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 9-pog'onadan joy olgan. 

Musobaqada qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra yana 1-o'ringa ko'tarilib olgan Ortiq Nig'matov (IM, 2447) qora donalarda hindistonlik grossmeyster Nihal Sarin (2676) bilan hisob-kitob qiladi. Sarin hisobida ham 5 ochko bo'lib, u qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 4-o'ringa joylashgan.  

Bu turda ham hamyurtlarimiz ishtirokidagi derbiga guvoh bo'lamiz. So'nggi turlarni yaxshi o'tkazayotgan SHamsiddin Vohidov (2681) va Nodirbek Yakubboev (2668) bir-birlariga qarshi bahs olib borishadi. Bu ularning o'zaro o'tkazadigan 32-uchrashuvi bo'ladi. Qizig'i, ikkala grossmeysterimiz ham 10 tadan g'alabaga erishgan. O'n bitta partiyada kuchlar teng kelgan.    

Kecha Nodirbek Abdusattorov bilan durang o'ynagan Javohir Sindarov (2682) bugun 7-turda hindistonlik Sankalp Gupta (2539)ga qarshi dona suradi. Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan eronlik taniqli shaxmat Parham Maqsudlu yana bir hind shaxmatchisi Saha Nilash (2458)ni sinovdan o'tkazadi. Parham hisobida 4,5, Nilashda esa 5 ochko bor.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing