So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

26 noy 07:01
Yangiliklar

SHaxmat

Prezident Kubogi. Markaziy partiyadagi durangdan keyin peshqadam o'zgardi

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasi mezbonligida o'tayotgan nufuzli xalqaro musobaqada 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Prezident Kubogi musobaqasi bosh sovrini uchun bahs olib borishyapti. A guruhida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlik qilib kelgan Ortiq Nig'matov (2447) 5-turda nafaqat O'zbekistonning, balki turnirning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov (2777)ga qarshi oq donalarda o'ynadi va yakunda durangga imzo chekdi. 

Bu ikki shaxmatchimiz ochkolarini 4 taga etkazib olishdi va hamon mag'lubiyatsiz odimlashyapti. Peshqadamlarning ochko yo'qotishidan Javohir Sindarov (2682) unumli foydalanib qoldi. Grossmeysterimiz FIDE bayrog'i ostida harakat qilayotgan rossiyalik Ivan Zemlyanskiy (2543)ni mag'lubiyatga uchratib, 4,5 ochko bilan turnir jadvalida yakka karvonboshi bo'lib oldi. 

To'rtinchi turda Nodirbek Abdusattorovdan ochko tortib olgan Murali Kartekyan (Hindiston, 2625) bu safar vatandoshi Nihal Sarin (2676) bilan durang o'ynadi. Yana bir grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov (2501) ikkinchi raqamli ishtirokchi Parham Maqsudlu (Eron, 2712)dan ochko tortib oldi. Ularning partiyasi durang bilan yakunlandi. SHamsiddin Vohidov (2681) 5-turda rossiyalik Aleksey Aleksandrov (2425)dan ustun keldi va sovrinli o'rinlar uchun kurashga qo'shildi. Nodirbek Yakubboev (2668) esa o'z singari 3 ochko to'plagan qozog'istonlik Aristanbek Urazaev (2480) bilan murosaga keldi. 

Oltinchi tur oldidan Javohir Sindarov 4,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Sakkiz shaxmatchi - Ortiq Nig'matov, Murali Kartikyan, Saha Nilash, Nihal Sarin, Nodirbek Abdusattorov, Sankalp Gupta, Vitaliy Bernardskiy va Saparmirat Atabaev 4 ochkodan jamg'arishgan. Abdusattorov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 6-pog'onadan joy olgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing