So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

24 noy 11:41
Yangiliklar

SHaxmat

Prezident Kubogi. Nodirbek Abdusattorov derbida g'alaba qozondi. Javohir Sindarovda ham 100 foizlik natija!

SHu kunlarda poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida nufuzli Prezident Kubogi musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Prezident Kubogi musobaqasi bosh sovrini uchun bahs olib borishyapti. Kecha turnirda 3-tur uchrashuvlari o'tkazildi. 

Kuchlilar jam bo'lgan A guruhining birinchi doskasida Nodirbek Abdusattorov (2777) qora donalarda yana bir istedodli grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov (2501)ga qarshi bahs olib bordi. Har ikki shaxmatchimiz ham dastlabki ikki turda g'alabaga erishgan edi. O'zaro uchrashuvda tajriba va mahorat o'z so'zini aytdi. Abdusattorov ketma-ket uchinchi g'alabasini tantana qildi. 

Ikki g'alabaga ega yana bir grossmeysterimiz Javohir Sindarov (2682) oq donalarda FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan Mixail Nikitenko (2490) bilan hisob-kitob qildi va u ham qatorasiga uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Ikkinchi raqamli shaxmatchi Parham Maqsudlu (Eron, 2712)ni mag'lub eta olgan yosh shaxmatchimiz Ortiq Nig'matov (2419) esa 3-turda hindistonlik Pranesh (2580)dan ham ustun keldi. 

Bu turda etakchi grossmeysterlarimizdan SHamsiddin Vohidov va Nodirbek Yakubboev ochko yo'qotdi. SHamsiddin oq donalarda yana bir shaxmatchimiz Ulug'bek Tillaev bilan durang o'ynadi. Yakubboev esa qora donalarda hindistonlik CHandra Prasad Dulipalla bilan murosaga keldi.

Nig'matov, Abdusattorov va Sindarovdan tashqari hindistonliklar Murali Kartikyan va Sankalp Gupta ham 100 foizlik ko'rsatkich bilan peshqadamlar safida bormoqda. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Ortiq Nig'matov turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda. Abdusattorov ikkinchi, Sindarov esa uchinchi o'rinni band etgan.

Hamyurtimiz Ulug'bek Tillaev 2,5 ochko bilan 6-pog'onadan joy olgan. Ikki yarim ochko to'plagan shaxmatchilarimizdan yana biri Muhammadzohid Suyarov 11-o'rinda bormoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing