24 noy 14:29
Yangiliklar
SHaxmat
Prezident Kubogi. Nodirbek hindistonlik raqibga qarshi, Sindarov esa derbidagi o'yinini boshladi
Biroz avval poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasi mezbonligida o'tayotgan nufuzli xalqaro musobaqada 4-tur uchrashuvlari boshlandi.
Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Prezident Kubogi musobaqasi bosh sovrini uchun bahs olib borishyapti. A guruhida 3 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlik qilayotgan Ortiq Nig'matov (2447) grossmeyterimiz Javohir Sindarov (2682) bilan hisob-kitob qilyapti. Sindarov hisobida ham 3 ochko bor.
Ikkinchi o'rindan joy olgan turnirning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov (2777) o'zi singari uch ochkoga ega hindistonlik Murali Kartikyan (2625)ga qarshi o'ynayapti. Nodirbek uchun bu o'yin etakchilikni mustahkamlash va FIDE Circuit ochkolari uchun muhim qadam bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar