So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

25 noy 09:58
Yangiliklar

SHaxmat

Prezident Kubogi. Nodirbek ilk bor ochko yo'qotdi, Sindarov derbida peshqadam bilan durang o'ynadi

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasi mezbonligida o'tayotgan nufuzli xalqaro musobaqada 4-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Prezident Kubogi musobaqasi bosh sovrini uchun bahs olib borishyapti. A guruhida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlik qilayotgan Ortiq Nig'matov (2447) bu turda grossmeyterimiz Javohir Sindarov (2682) bilan durang o'ynadi. Har ikki shaxmatchimiz hisobidagi ochkolar 3,5 taga etdi. 

To'rtinchi turga qadar ikkinchi o'rindan joy olgan turnirning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov (2777) ketma-ket uchta g'alabadan keyin ochko yo'qotdi. U o'zi singari yuz foizlik natija qayd etib kelgan hindistonlik Murali Kartikyan (2625) bilan murosaga keldi. Nodirbekda g'alaba uchun yaxshigina imkoniyat yuzaga kelgandi, afsuski u kichik xato sabab bundan foydalana olmadi. 

Grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov (2681) 4-turda qora donalarda rossiyalik Artem Uskov (2430) bilan durang qayd etdi. Nodirbek Yakubboev (2668) oq donalarda qirg'izistonlik Eldiyar Orozbaevni mag'lubiyatga uchratdi va ochkolarini 3 taga etkazib oldi. 

Bugun o'tkaziladigan 5-tur oldidan turnir jadvalida Ortiq Nig'matov 3,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra karvonboshilikni o'zida saqlab qoldi. Nodirbek Abdusattorovdan ochko tortib olgan Murali Kartikyan ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Nodirbekning o'zi uchinchi o'ringa tushdi. Hindistonlik Nihal Sarin, shuningdek, Javohir Sindarov rossiyalik Ivan Zemlyanskiy hisobida ham 3,5 ochkodan bor. 

O'n olti nafar ishtirokchi 3 ochkodan jamg'argan. Ular orasida hamyurtlarimizdan Ulug'bek Tillaev, Muhiddin Madaminov va Nodirbek Yakubbov ham bor. Turnirning ikkinchi raqamli ishtirokchisi eronlik taniqli grossmeyster Parham Maqsudlu 3 ochko bilan 14-o'rinni egallab turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing