So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

23 noy 11:27
Yangiliklar

SHaxmat

Prezident Kubogi. Nodirbekda yana g'alaba, Nig'matov shov-shuvli tarzda Parham Maqsudluni yutdi

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida nufuzli xalqaro musobaqa davom etmoqda.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Prezident Kubogi musobaqasi bosh sovrini uchun bahs olib borishyapti. Ishtirokchilar FIDE reytingidagi o'rinlariga qarab A va V guruhlarida dona surishmoqda.  

Kuchlilar jam bo'lgan A guruhi bahslarida yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, SHamsiddin Vohidov, Nodirbek Yakubboev singari taniqli grossmeysterlarimiz himoya qilishmoqda. Abdusattorov (2777) xalqaro turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi sifatida saralangan. 

Nodirbek 2-turda oq donalarda hindistonlik Sahib Singh (2438)ni mag'lubiyatga uchratdi. Ikkinchi raqamli shaxmatchi Parham Maqsudlu (Eron, 2712) esa kutilmaganda qora donalarda yosh shaxmatchimiz Ortiq Nig'matov (2419)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu g'alabasi bilan Nig'matov yaxshigina shov-shuv ko'tarishga muvaffaq bo'ldi. 

Nodirbek Yakubboev (2668) oq donalarda qora donalarda harakat qilganiga qaramay, xitoylik Ming Xui Xu (2405)ni yuta olmadi. Uchrashuvda durang natija qayd etildi. Javohir Sindarov (2682) yana bir xitoylik shaxmatchi CHu Vey CHao (2419)ni taslim etdi. Bu uning ikkinchi g'alabasi bo'ldi. SHamsiddin Vohidov (2681) qozog'istonlik Meruert Kamalidenova (2378)dan ustun keldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing