So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

26 noy 20:14
Yangiliklar

SHaxmat

Prezident Kubogi. "O'zbek klassiko"sida qanday natija qayd etildi? (Barcha natijalar+turnir jadvali)

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasi mezbonligida o'tayotgan nufuzli xalqaro musobaqada 6-tur ortda qoldi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Prezident Kubogi musobaqasi bosh sovrini uchun bahs olib borishyapti. Bugun 6-turning markaziy uchrashuvi 5-turdan so'ng peshqadamlikni qo'lga olgan Javohir Sindarov hamda musobaqaning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov o'rtasida o'tkazildi. Murosasiz kechgan bahsda tomonlar murosaga kelishdi va o'z hisoblariga yarim ochkodan yozib qo'yishdi.  

Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov o'zaro 27 marotaba to'qnash kelishdi. SHundan 9 tasida Nodirbek, 7 tasida Javohirning qo'li baland kelgan. Bugungisi bilan qo'shib hisoblasak, 11 ta partiyada durang natija qayd etilgan. 

Musobaqani ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan Ortiq Nig'matov (2447) peshqadamning ochko yo'qotishidan unumli foydalanib qoldi. U qora donalarda o'ynashiga qaramay, eronlik grossmeyster Amin Tabatayi (2686)ni mag'lubiyatga uchratdi. Amin turnirda beshinchi raqam ostida saralangan edi. Nig'matov 5-turda Nodirbek Abdusattorov (2777) bilan durangga imzo chekkandi. 

Yana bir o'zbek derbisida Muhiddin Madaminov (2501) va SHamsiddin Vohidov (2681) o'zaro hisob-kitob qilishdi. Grossmeysterlarimiz uchrashuvida reytingi yuqoriroq bo'lgan SHamsiddin g'alaba qozonib, ochkolarini 4,5 taga etkazib oldi. Bugun Nodirbek Yakubboev (2668) ham muhim g'alabani qo'lga kiritdi. SHaxmatchimiz rossiyalik grossmeyster Mixail Nikitenko (2490)dan ustun keldi. Ikkinchi raqamli shaxmatchi Parham Maqsudlu (Eron, 2712) ham bugun g'alabaga erishdi. U rossiyalik Ivan Zemlyanskiyni taslim etdi.    

Oltinchi turdan so'ng yana peshqadam o'zgardi. Ortiq Nig'matov 5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 1-o'ringa ko'tarilib oldi. Saha Nilash (Hindiston, 2458), Javohir Sindarov, Nihal Sarin (Hindiston, 2676) va Sankalp Gupta (Hindiston, 2539) hisobida ham 5 ochkodan bor. Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochko bilan 6-o'rindan joy olgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing